Asosiy mazmunga oʻtish

Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan yangi IES foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyatida Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan qurilgan quvvati 240 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi.

Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 14-yanvar kuni soat 11:15 da Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumanida qurilgan quvvati 240 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi Oʻzbekistonning yagona elektr tarmogʻiga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi.

Ushbu IES yiliga 2 milliard kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga moʻljallangan.

Xabarda aytilishicha, zamonaviy bugʻ-gaz uskunalarining samaradorligi tufayli stansiya ishlaganda yiliga 290 million kub metr tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz qoʻshimcha ravishda 1 milliard kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.

Qiymati 150 mln dollar boʻlgan loyiha toʻliq Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Bu Aksa Enerji tomonidan Oʻzbekistonda foydalanishga topshirilgan ikkinchi elektr stansiyasidir. Quvvati 270 MVt boʻlgan birinchi IES 11-yanvar kuni Buxoro viloyatida foydalanishga topshirilgan edi.

Obyektingizni muhokama qilaylik

Vazifa haqida aytib bering — muhandis ish kuni davomida qayta qoʻngʻiroq qilib, yechim va muddatlarni taklif qiladi.

Bepul maslahat

Telefon raqamingizni qoldiring — muhandis qayta qoʻngʻiroq qilib, obyektingiz boʻyicha savollarga javob beradi.