- Sanoat va fuqarolik qurilishi obyektlarini loyihalash (energetika, kimyo, farmatsevtika, mashinasozlik majmuasi, neft va gazni qazib olish, tayyorlash va tashish obyektlari) hamda boshqa obyektlar;
- Majmualar, alohida bino va inshootlar boʻyicha arxitektura yechimlari, shu jumladan koʻrgazmali-namoyish materiallari, interyer va eksteryerlar;
- Zamonaviy dasturlardan foydalangan holda bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini texnik hisoblash;
- Resurs smetalarini ishlab chiqish va qurilishning boshlangʻich qiymatini joriy narxlarda hisoblash;
- Shaharsozlik sohasida konsalting xizmatlari, shuningdek smeta meʼyorlari va narxlarini qoʻllash boʻyicha maslahatlar (Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan qurilish materiallari va buyumlari, qurilish meʼyorlari va qoidalari, standartlardan foydalanish masalalari boʻyicha);
- Loyiha mahsulotini moslashtirish va tekshirish: xorijiy firmalar tomonidan bajarilgan loyihalarning Oʻzbekiston Respublikasi qurilish meʼyorlari talablariga muvofiqligini taʼminlash;
- Qurilish uchun muhandislik qidiruv ishlari, shu jumladan topografik va muhandislik-geologik materiallarni shakllantirish;
Yuqorida sanab oʻtilgan barcha turdagi ishlar uchun POLITEX IIChK MChJ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli litsenziyalariga ega. (Litsenziyalar)
Kompaniyada tegishli maxsus kasbiy maʼlumotga, shuningdek turli maqsadlardagi obyektlarni loyihalash boʻyicha koʻp yillik ish tajribasiga ega boʻlgan muhandis-loyihachilar doimiy asosda faoliyat yuritadi.


POLITEX IIChK MChJ tomonidan ishlab chiqilgan eng muhim loyihalar:
- «Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilishi. Sanoat chiqindilari poligoni»;
- ««Coca Cola Ichimligi Uzbekistan,Ltd» XK MChJ Mega-zavodida CO2 gazi va bugʻ ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida qozonxonani rekonstruksiya qilish»;
- «Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroporti hududida qorovulxona (kazarma) binosini qurish»;
- Toshkent shahridagi quvvati yiliga 300 mln shartli birlik boʻlgan «FARM GLASS» shisha idishlar ishlab chiqarish zavodi;
- Omskdagi "MIKROKRIOGENMASH" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi uchun galvanik qoplamalar sexi (Rossiya);
- Serdar shahri, Bolqon viloyati (Turkmaniston Respublikasi) uchun sutkasiga 30000 m3 oqova suvga moʻljallangan, tabiiy aeratsiyali biohovuzlardan iborat kanalizatsiya tozalash inshootlari;
- «Buxoro shahridagi mehmonxonali «LUKOIL» maʼmuriy binosi»;
- ««RADIOPREPARAT» davlat korxonasining noaktiv toʻplamlar va substansiyalar ishlab chiqarish korpusini rekonstruksiya qilish»;
- «Markaziy dispetcherlik punkti. Muruntov karyerini qazib olish (V navbat). Antenna-machta inshootini qurish»;
- Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazining «Vaksinalar ombori» (UNICEF buyurtmasi boʻyicha), Toshkent shahri;
- «CNPC Silk Road Group» XK MChJ qidiruv quduqlarini qurish boʻyicha ishchi loyiha. Taqdim etilgan loyiha yechimlarini Oʻzbekiston Respublikasi meʼyoriy hujjatlari talablari va standartlariga muvofiqlashtirgan holda;
- ShNQ 1.04.02 «Turar joy binolarini kapital taʼmirlash. Loyihalash meʼyorlari» meʼyoriy hujjatini ishlab chiqish