Kompaniyamizda metall konstruksiyalarni loyihalash boʻyicha koʻp yillik tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda barcha belgilangan davlat standartlari va talablariga qatʼiy rioya qilinadi.
- Loyiha asosiga bino (inshoot)larning butun foydalanish davri mobaynidagi ishonchliligi, uzoq muddatga chidamliligi va xavfsizligi kabi mezonlar qoʻyiladi.
- Metall konstruksiyali bino va inshootlarni hisoblashda zamonaviy CAD modellashtirish va 3D modellardan foydalaniladi;
- Mustahkamlikka, shuningdek bino karkasiga taʼsir etuvchi qor, seysmik, texnologik yuklamalar va kran uskunalari yuklamalarining turli kombinatsiyalariga hisob-kitoblar bajariladi;
- Muhandislarimiz binolarning konstruktiv elementlarini imkon qadar unifikatsiya qilishga va metall prokat turlari sonini kamaytirishga intiladi, bu esa zavodda tayyor metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish jarayonini soddalashtiradi va tezlashtiradi;
- Loyihachilar va pudratchilarning yillar davomida sinovdan oʻtgan muvaffaqiyatli hamkorligi loyihalashdan tortib metall konstruksiyalarni tayyorlash va montaj qilishgacha boʻlgan butun jarayonni tez va sifatli bajarish hamda loyihalash qiymatini kamaytirish imkonini beradi.
- Metall konstruksiyali binolarni loyihalash qiymati loyiha ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan barcha mehnat sarflarini hisoblash usuli bilan aniqlanadi.
- Metall konstruksiyalarni loyihalash ishlariga narxlarimiz hamyonbop, kompaniyamiz esa loyiha ishlarini bajarish muddatlariga doimo qatʼiy rioya qiladi.
- Sizni mijozlarimiz qatorida koʻrishdan doimo mamnunmiz.


POLITEX IIChK MChJ tomonidan ishlab chiqilgan eng muhim loyihalar:
- «Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilishi. Sanoat chiqindilari poligoni»;
- Balandligi H=50,0 m boʻlgan uyali aloqa tayanchi metall konstruksiyalarining yuk koʻtarish qobiliyatini tekshirish - ZTE INVESTMENT XK MChJ;
- Toshkent shahrida UNITEL MChJ uyali radiotelefon aloqasi operatorining qoʻshimcha antenna-fider uskunalarini oʻrnatishni hisobga olgan holda balandligi H=18 va 20 m boʻlgan quvursimon yoritish tayanchlarining yuk koʻtaruvchi metall konstruksiyalarini tekshiruv hisob-kitoblarini bajarish - DANADI-SERVIS MChJ;
- «Uch qatlamli sendvich-panellardan iborat devor toʻsuvchi konstruksiyalarini profillangan toʻshama listlaridan iborat devor toʻsuvchi konstruksiyalariga almashtirish munosabati bilan «TASHKENT INTERNATIONAL SCHOOL» uchun oʻlchamlari (oʻqlarda) 24,0 x 35,0 x 6,64 (h) boʻlgan sport zali karkasining toʻsuvchi metall konstruksiyalari boʻyicha KM ishchi hujjatlari, «Toshkent shahri Mirobod tumani Saroykoʻl koʻchasi, 38-uydagi oʻz hududida oʻquv korpuslari binosi, sport maydonchalarini qurish va mavjud binolarni rekonstruksiya qilish (sport zali binosi)» obyekti boʻyicha - CELL TOWERS CONSTRUCTION MChJ;
- Quyidagi obyektlar boʻyicha stansiya binosi ustki qismining tom va devorlari karkasi yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi metall konstruksiyalarining KM ishchi hujjatlari: 2918-1-KM shifr "Namangan viloyatida Katta Fargʻona kanalida kichik GESlar kaskadini qurish", 2918-2 shifr "Toshkent viloyatida Tuyaboʻgʻiz suv ombori yonida kichik GES qurish" - GIDROPROYEKT AJ;
- Ohangaron daryosidagi Qamchiq kichik GESi stansiya binosi ustki qismining karkasi, tom yopmasi va devorlari yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi metall konstruksiyalarining KM ishchi hujjatlari - GIDROPROYEKT AJ;
- Qodiriya GESlar kaskadi (GES-3) stansiya binosi ustki qismining karkasi, tom yopmasi va devorlari yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi metall konstruksiyalarining KM ishchi hujjatlari - GIDROPROYEKT AJ;
- Zarchob GESlar kaskadining 1-kichik GESi stansiya binosi ustki qismining karkasi, tom yopmasi va devorlari yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi metall konstruksiyalarining KM ishchi hujjatlari - GIDROPROYEKT AJ;
- «Pskom GESi qurilish-foydalanish suv tashlagichining yakuniy inshooti oldidagi zatvorlar xonasi ustki qismining karkasi, tom yopmasi va devorlari yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi metall konstruksiyalarining KM ishchi hujjatlari» - GIDROPROYEKT AJ;
- «Pskom GESi stansiya binosi oldidagi zatvorlar xonasi ustki qismining karkasi, tom yopmasi va devorlari yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi metall konstruksiyalarining KM ishchi hujjatlari» - GIDROPROYEKT AJ;
- «Oʻzbekiston Respublikasida bino tomlarida va yerda oʻrnatilgan «Unitel» MChJning 14 ta baza stansiyasi uchun burchakli prokatdan yasalgan, tortqichli toʻrt qirrali machtalarning yuk koʻtaruvchi metall konstruksiyalarini tekshiruv hisob-kitoblari» - ADVA MChJ;
- «Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan «COSCOM» MChJning 13 ta antenna-machta inshooti (AMS) yuk koʻtaruvchi metall konstruksiyalarini tekshiruv hisob-kitoblari» - ENERGYCON MChJ;
- «"Toshkent GESlar kaskadi" unitar korxonasini modernizatsiya qilish (GES-1). Stansiya binosi va yondosh binolar ustki qismining tom yopmasi karkasi va devorlari yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi metall konstruksiyalarining KM ishchi hujjatlari» - GIDROPROYEKT AJ;