Muhandislik-geodezik ishlar:
- tayanch geodezik tarmoqlarni, shu jumladan qurilish uchun maxsus moʻljallangan geodezik tarmoqlarni yaratish (rivojlantirish);
- topografik syomka, shu jumladan yer osti va yer usti inshootlarini syomka qilish;
- topografik va kadastr rejalari hamda xaritalarini yangilash;
- loyiha elementlarini joyga koʻchirish va ularni joyda reja-balandlik boʻyicha bogʻlash;
- muhandislik-gidrografik qidiruv ishlari;
- trassa va uning variantlari, syomka rejalari, alohida loyihalanadigan uchastkalarning muhandislik-topografik rejalarini ishlab chiqish;
- trassaning variantlari bilan boʻylama profillarini tuzish;
- loyihalanayotgan chiziqli inshoot trassasining oxirgi punktlariga (podstansiyalar, kanalizatsiya va suv nasos stansiyalari va boshqalar) yondashuv rejalarini ishlab chiqish va tuzish;

Muhandislik-geologik ishlar:
- marshrut kuzatuvlarini oʻtkazish (rekognossirovka tekshiruvi);
- geofizik tadqiqotlar oʻtkazish;
- gruntlarni dala sharoitida tadqiq qilish;
- gidrogeologik tadqiqotlar oʻtkazish;
- seysmologik tadqiqotlar oʻtkazish;
- statsionar kuzatuvlar oʻtkazish;
- gruntlar va yer osti suvlarini laboratoriyada tadqiq qilish;
- mavjud bino va inshootlar asoslari gruntlarini tekshirish;
- muhandislik-geologik sharoitlar oʻzgarishini prognozlash;
- yer ishlarini laboratoriya kuzatuvi bilan taʼminlash.